Ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajariş uçun Makka va Madina şaharlariga borib, ortga qaytişda qiyinçiliklarga duç kelgan özbekistonlik ziyoratçilar haqida ma’lumotlar tarqaldi. Özbekistonning Jidda şahridagi Boş konsulxonasi holat yuzasidan rasmiy axborot e’lon qildi.
“Ta’kidlaş joizki, yurtdoşlarimizning safarlari xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan taşkil etildi. Mazkur holat aviaqatnovlarni amalga oşirişdagi texnik nosozliklar, şuningdek, turistik kompaniyalarning bu kabi safarlarni taşkil etişda zaruriy malaka va tajribaga ega emasligi tufayli yuzaga kelgan.
Hozirda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boşqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda yurtdoşlarimizni qaytariş böyiça barça çoralar körilmoqda, qöşimça reyslar jadvali tuzildi.
2024 yil 4 fevral holatiga köra, ziyoratçilarning bir qismi Özbekistonga qaytarildi, qolgan fuqarolarimiz ham yaqin fursatlarda Vatanimizga yuboriladi”, Boş konsulxona axborotida.
Qöşimça qilinişiça, Özbekistonning Ar-Riyozdagi elçixonasi va Jidda şahridagi Boş konsulxonasi vaziyatni öz nazoratiga olgan: doimiy ravişda monitoring olib borilib, özbekistonliklarga zarur konsullik, huquqiy va boşqa yordamlar körsatilmoqda.

















