2023 yilda Özbekistonga 73 204 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu – 2022 yilgi körsatkiç (30 388 ta)dan 2,4 barobarga yuqori. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Taqqoslaş uçun, yengil avtomobil importining ösişi 2022 yilda 12,7 foiz, 2021 yilda esa 5,2 foiz bölgan.
Taxmin qiliş mumkinki, ötgan yili kuzatilgan 240 foizlik ösiş – yangi avtomobillarni faqat işlab çiqaruvçining dilerlari import qilişi mumkinligi haqidagi talab bekor qilingani bilan boğliq. Bu çeklov 2023 yil 1 yanvardan boşlab olib taşlangaç, rasmiy dilerlar bilan birgalikda, köplab importyorlar va hatto jismoniy şaxslar ham xorijdan avtomobil olib kelib sota boşladi.
2023 yilda közga taşlangan yana bir yoqqol tendensiya – avtomobil importida Xitoyning uluşi 2022 yildagi 36,9 foizdan ötgan yili 79,3 foizga yetgan. Xitoydan olib kelingan avtomobillar soni bir yilda 5,2 barobarga oşgan.
2023 yilda Özbekistonga eng köp avtomobil yetkazib bergan davlatlar – Xitoy (58 076 ta), Koreya Respublikasi (11 481 ta) va AQŞ (2 210 ta) böldi.
Özbekistonga yengil avtomobillar importi
| Mamlakatlar | 2021 | 2022 | 2023 |
| Xitoy | 8 880 | 11 159 | 58 076 |
| Koreya Respublikasi | 6 472 | 9 414 | 11 481 |
| Rossiya | 4 539 | 1 499 | |
| Qozoğiston | 4 470 | 7 208 |












