Poytaxt hokimiyati matbuot xizmati mutaxassisi Gulnoza Qosimovaning Kun.uz so‘roviga javoban bergan ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatan ham mas’ullarda shunday reja bor.

"Buning rejasi hozircha muhokamada, bunday [oliygoh binolari ko‘chirilishi] ehtimol bor, lekin aniq qaror yo‘q hali.

Loyiha bor, tasdiqlanmagan. Men ham [bu loyihani] ko‘rmaganman, davlat rahbari tasdig‘idan o‘tadigan loyiha ekan. Agar tasdiqlansa, albatta bo‘lishamiz", — dedi u.

Ta’lim muassasalarini markazdan boshqa joyga ko‘chirish taklifini kim bergani va bunga ehtiyoj nimadan paydo bo‘lgani haqidagi savollar ochiq qoldi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Islom Karimov shoxko‘chasida, Moliya institutining bosh binosi esa Amir Temir shoxko‘chasida joylashgan. OTMlarning bo‘shatiladigan binolari keyingi taqdiri ma’lum emas.