Özbekistonda 2023 yilda şahvoniy şilqimlik qilgani yoki şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qilgani uçun jazoga tortilganlar soni oçiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yilning 12 aprel kunidan yil oxirigaça Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 411-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan 666 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllangan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) bilan 48 nafar şaxs sudlangan. Şundan 7 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 41 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.
Eslatib ötamiz, prezident tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan, ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuçaytirişga qaratilgan qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 411-modda va Jinoyat kodeksi 141-3-modda bilan töldirilgan edi.
Oldinroq Özbekistonda 2023 yilda 9 131 kişi oilaviy zöravonlik qilgani uçun jazoga tortilgani xabar qilingandi.













