Özbekistonda 2023 yilda oilaviy (maişiy) zöravonlik qilgani uçun jazoga tortilganlar soni oçiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yilning 12 aprel kunidan yil oxirigaça Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan 203 nafar şaxs sudlanib, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 144 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan esa 8 928 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 5 229 nafariga jarima jazosi, 3 699 nafariga ma’muriy qamoq jazosi qöllangan.
«Endi erning xotinini kaltaklaşi – jinoyat» — zöravonlarni xavotirga solayotgan qonun
Eslatib ötamiz, prezident tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan, ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuçaytirişga qaratilgan qonunga muvofiq Jinoyat kodeksi 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 59-2-moddasi bilan töldirilgandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan mazkur töldirişda oilaviy zöravonlik – xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir rözğor asosida birgalikda yaşayotgan şaxsga yoki umumiy farzandga ega bölgan şaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim oliş huquqini, soğliqni saqlaş yoki mehnatga oid huquqni amalga oşirişga tösqinlik qiliş, mol-mulkka va şaxsiy aşyolarga qasddan şikast yetkaziş, uşbu şaxslarning şa’ni va qadr-qimmatini tahqirlaş, ularni qörqitiş, yaqin qarindoşlaridan ajratib qöyiş 6 mln sömdan 21 mln sömgaça jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilangan. Agar bu harakatlar oğirlaştiruvçi holatlarda sodir etilsa, 3 yildan 12 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartirişga köra esa oilaviy (maişiy) zöravonlik uçun 3 mln sömdan 6 mln sömgaça jarima yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoq belgilangan.












