Amerikalik maşhur teleboşlovçi Taker Karlson 9 fevralga ötar keçasi öz saytida va tvitterda Rossiya prezidenti Putin bilan 2 soatlik intervyusini e’lon qildi. Bu intervyu uçun Karlson bir neça kun oldin Moskvaga uçib kelgandi. Uni Kremlda qabul qilişdi, rus propagandaçilari jurnalistning har qadamini hijjalab yoritib borişdi.

Suhbatdan avval Karlson amerikaliklar Ukrainadagi uruş haqida töliq tuşunçaga ega bölişi uçun Putinga ötkir savollar berişini aytgandi. Ammo Karlson intervyu davomida rossiyalik suhbatdoşiga noqulay savollar bera olmadi. Masalan, u Mariupol va Buçadagi harbiy jinoyatlar yoki qamoqda qolayotgan Aleksey Navalniy haqida söramadi.

Quyida Putinning intervyudagi asosiy gaplari keltiriladi.

Ukrainani «denatsifikatsiya» qiliş haqida

Biz hali Ukrainadagi maqsadlarimizga erişib bölmadik. Ulardan biri mamlakatni denatsifikatsiya qiliş edi. Ya’ni, turli millatçi guruhlar faoliyatini çeklaş haqida söz bormoqda. Bu ğoyani saqlab qolişga intilayotgan odamlardan voz keçiş kerak. Balki bu sizni ajablantirar, lekin biz Istanbuldagi muzokaralar vaqtida Ukrainada neonatsizmni kuçaytirmaslik borasida kelişuvga erişgandik ham. Xususan, buni qonunda çeklaş nazarda tutilgandi.

Aytmoqçimanki, buni muzokaralar vaqtidayoq qiliş mumkin ekan. Bu işni amalga oşiriş Ukrainani rivojlangan davlat sifatida kamsitib qöymaydi. Axir qaysidir davlatda natsistlarni propaganda qilişga ruxsat berişganmi? Yöq axir.

Bu haqda Zelenskiy bilan gaplaşgandim. «Volodya, nima qilyapsan? Sening otang faşizmga qarşi jang qilgan, u frontovik, sen nega Ukrainadagi neonatsistlarni qöllayapsan?» degandim. U nima deganini esa aytmay qöya qolay, töğri bölmaydi.

Evan Gerşkoviçni ozod qiliş böyiça

Bu borada qiladiganimizni qilib böldik, limit ham tugab ketgandir. Lekin bizning ezgulik bilan uzatgan qölimizga munosib javob berişmadi. Siz aytgan odam, janob Gerşkoviç vatanida bölişi mumkin, buni hamkorlar bilan muhokama qilişga tayyormiz. Hamkorlar deganda maxsus xizmatlarni nazarda tutyapman. Axir uni Rossiya qamoqxonasida uşlab turişdan ma’ni yöq. Biz Amerika maxsus xizmatlari bizning maxsus xizmatlarni qanoatlantiradigan yölni topişini istaymiz.

Yangi jahon uruşi xavfi haqida