Parijliklar şahar referendumida yöltanlamas avtomobillar uçun avtoturargohlardan foydalaniş narxini 3 barobar oşirişni qöllab-quvvatladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tölovlar oşirilişidan asosiy maqsad – mazkur turdagi avtomobillarning havo ifloslantirişiga qarşi kuraşiş. Narxlar Parijning markaziy tumanlarida soatiga 18 yevrogaça, qolgan qismlarida esa 12 yevrogaça oşadi. Tariflar oğirligi 1,6 tonnadan ortiq an’anaviy va gibrid dvigatelli transport vositalariga, şuningdek, oğirligi ikki tonnadan ortiq bölgan elektromobillarga nisbatan qöllanadi.

Referendumda ovoz berişda iştirok etişi mumkin bölgan 1,3 mln parijlikning taxminan 6 foizi qatnaşgan. Ularning 54,6 foizi yangi tartibni qöllab-quvvatlagan.

Ekologik vaziyatni yaxşilaşdan taşqari, yöltanlamaslar piyodalar uçun oddiy maşinadan ikki baravar xavfliroq ekaniga ham urğu berilgan.