Savdo-sanoat palatasi saytida Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi test rejimida işga tuşirildi.

Reyting toifasi va ballari soliq tölovçilarning şaxsiy kabinetida ham aks etmoqda.

Soliq qömitasiga köra, platforma vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasiga integratsiya qiliş jarayonida test rejimida işlamoqda. Reytingni töliq va töğri baholanişi hamda mezonlar kesimida aniqlaş metodikasi bilan 15-fevraldan köriş imkoniyati yaratiladi.

Reytingda tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

  • AAA, AA va A toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
  • BBB, BB va B toifalar – örta barqarorlik reytingi;
  • CCC, CC va C toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
  • D toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Past ball olgan korxonalarga jazo çoralari qöllanilmaydi.

Yuqori ballga ega tadbirkorlar rağbatlantiriladi. Agar tadbirkor eng yuqori AAA toifadagi reytingga ega bölsa:

  • soliq organlari tomonidan tekşirişlar ötkazilmaydi;
  • QQSdan hosil bölgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungaça);
  • QQSdan boşqa soliq turlari böyiça hosil bölgan ortiqça soliqlar summalari uç kunda qaytarib beriş (amalda 10 kundan 15 kungaça) yuzasidan qöşimça preferensiyalar beriladi.

Yana bir rağbatlantiriş – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qiliş vaqtida tölangan soliqlarni hisobga oliş tizimi joriy qilinmoqda.