10 fevralga ötar keçasi Rossiya qöşini Shahed rusumli bir neçta dronlar bilan Xarkivning Nemişlyanskiy rayoniga hujum uyuştirdi, deb xabar bergan oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
Avvaliga Xarkiv rasmiylari dronlar avtomobillarga yonilği quyiş stansiyasiga kelib urilgani haqida xabar bergandi. Ammo keyin Xarkiv oblasti politsiyasi tergov boşqarmasi rahbari Sergey Bolvinovning aniqlik kiritişiça, uçuvçisiz uçar qurilmalar neft bazaga hujum qilgan.
Sinegubovning sözlariga köra, Xarkiv böylab jami 10 ta dron uçirilgan, şundan sakkiztasi urib tuşirilgan. Qolgan ikkitasi neft baza hududiga urilgan, yonilği köçaga sizib çiqqan va yakunda bir neça köça yonğin içida qolgan.

Yonğin oqibatida jami yetti kişi halok bölgan: uylardan birida — 66 yoşli erkak özining 65 yoşli rafiqasi bilan, boşqasida — uç farzand va ota-onadan iborat oila. Bolalardan biri yetti oylik bölgan (boşqa ma’lumotlarga köra — ön oylik), yana ikkisi — yetti va tört yoşlarda.
Sergey Bolvinovning sözlariga köra, havo trevogasi vaqtida oila öz uyidagi yertölaga tuşib yaşiringan. Köp ötmay hovli olov içida qolgan va oila olovdan saqlaniş uçun yertöladan qoçib çiqqanida, uyda ikki maşina ham yonib ketgan. Ular «olov qopqoni»ga tuşib qolişgan, deydi Bolvinov. Otaning jasadi yölakdan topilgan — katta ehtimol bilan u birinçi bölib huşini yöqotgan. Uning ortidan çopgan örtança öğil oşxonada yotgan bölgan. Ona esa katta va kiçik öğillari bilan vannaxonada jon saqlaşga uringan. Qurbonlarning jasadlari kuçli darajada kuygan — Bolvinovning xabar berişiça, jasadlarning şaxsini uzil-kesil tasdiqlaş uçun DNK ekspertizasi ötkazişga töğri kelgan.
Sinegubovning ma’lumotiga köra, yana uç kişi yaralangan — 39 va 65 yoşlardagi ikki ayol hamda 45 yoşli erkak. Qutqaruvçilar yonğin çiqqan boşqa uylardan 50 dan ortiq kişini evakuatsiya qilişgan.
Politsiya jasadlarni topganidan bir neça soat ötib, Xarkiv oblasti prokuraturasi, beş kişi jasadi çiqqan uy — Çugiyiv okrug prokuraturasi Volçansk bölimi prokurori Olga Putyatinaning uyi bölganini ma’lum qildi. Putyatina 35 yoşda bölgan, u Xarkiv oblasti prokuratura organlarida 2012 yil iyunidan buyon işlab kelgan va hozirda dekretda bölgan.
Şahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga köra, hujum oqibatida kamida 57 kişi jabrlangan — bular uyi va buyumlaridan ayrilganlar. Jami 15 ta xususiy uy yonib ketgan, jami köçaning yarmi yonğin içida qolgan, deya qöşimça qilgan Terexov. Jabrlanganlarning barçasi — Kotelnaya köçasidagi uylar aholisi, deya aniqlik kiritgan Sinegubov.














