Prezident raisligida ötkazilayotgan yiğilişda meva-sabzavot yetiştiriş va eksportini oşiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanişiça, şu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlar tarqatiladi. Buning natijasida 1,5 mln tonna qöşimça mahsulot olib, eksportni yana 200 mln dollarga oşiriş mumkin böladi. Yoşlarni dehqonçilikka yaxşi öqitib, bu yerlarda band qiliş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, aholiga bölib berilgan yer maydonlari hamda tomorqa yerlariga sanoat va kooperatsiyani keng olib kirib, qöşimça 1 mlrd dollarlik mahsulot yetiştiriş mumkinligi qayd etildi.
Buning uçun 1 trln söm kredit uçun resurs ajratiladi. Uşbu kreditlar kooperatsiya asosida mahsulot yetiştiriş, texnika, aylanma mablağ uçun 100 mln sömgaça garovsiz, 150 mln sömgaça garov ta’minoti 50 foizga pasaytirilgan holda beriladi.
Jami 10 mingta texnika fermer va dehqonlarga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Çetdan olib kelinib, lizingga beriladigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi.
Bundan taşqari, yiğilişda issiqxonalarda mahsulot yetiştirişni qöllab-quvvalaş böyiça qöşimça çoralar belgilab olindi. Issiqxona xöjaliklarini kreditlaş mexanizmini qayta körib çiqiş topşirildi.
Prezident yoqilğisiz isitiladigan, ixçam issiqxonalarni barpo qiliş tajribasini qöllab-quvvatlab, tayyor holda topşiriş şarti bilan 10 sotixli 200 tagaça ixçam issiqxona quriş vazifasini qöydi. Uşbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 mln sömgaça garovsiz kredit beriladi.












