Dok-1 Maks işi böyiça sudda söz olgan prokuror Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantiriş agentligining sobiq rahbari S.K. va uning ikki örinbosari sifatida işlagan A.A. hamda M.N.ga 18 yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazo tayinlanişini söradi. Bu haqda sud majlisida iştirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu mansabdorlarning har birini 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş talab qilingan.
Şuningdek, prokuror hindistonlik ayblanuvçi S.R.P.ga 20 yil qamoq jazosi söragan.
Sud majlisida davlat ayblovçisi tomonidan 68 nafar vafot etgan, 16 nafar oğir tan jarohati olgan bolalar uçun sudlanuvçilardan 100 mln sömdan, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uçun esa 20 mln sömdan tovon puli undiriş ham söralgan.
Oldinroq Dok-1 Maks işi böyiça sud tergovi yakunlanib, muzokara bosqiçiga ötilgani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, 68 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga doir jinoyat işi böyiça ilk sud işi 2023 yil 11 avgust kuni bölib ötgandi. Iş doirasida 23 nafar şaxslar Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanmoqda. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.













