Dizel yonilğisi narxi 15 foizga arzonlaşadi va işlab çiqariş 200 ming tonnagaça oşiriladi. Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Bahodir Siddiqov ma’lum qildi.

«Davlatimiz rahbari boşçiligida bölib ötgan yiğilişda qişloq xöjaligi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Asosiy işlardan biri tannarxni kamaytiriş. Bu boradagi asosiy xarajatlardan biri dizel yonilğisi bilan boğliq. «Özbekneftgaz» oldiga 2024 yilda 680 ming tonna dizel yonilğisini sifatli va arzonlaştirilgan narxlarda fermer xöjaliklariga yetkazib beriş vazifasi qöyildi. Uşbu vazifani bajariş ta’minlanadi. Biz 2024 yilda 2023 yilga nisbatan qöşimça 200 ming tonna dizel yonilğisini işlab çiqarişni rejalaştirganmiz.

Biz dizel yonilğisining birjaga qöyiladigan narxlarini 15 foizga kamaytiriş böyiça hamma çoralarni köryapmiz. Uşbu mahsulotning sifati va öz vaqtida yetkazib berilişini ta’minlaş uçun yangiça tartib örnatamiz. Bu tartib orqali hududlar kesimida «Özbekneftgaz»ning markaziy apparati va neftbazalari, bundan taşqari fermerlarga xizmat körsatuvçi yonilği quyiş şoxobçalaridagi mas’ullarning alohida mas’uliyatini belgilab beramiz», dedi Bahodir Siddiqov.