Fox News telekanalining sobiq boşlovçisi Taker Karlson 12 fevral kuni Dubayda bölib ötgan Jahon hukumati sammitida nutq sözladi. Muhokama çoğida amerikalik jurnalist Kremlda Vladimir Putin bilan suhbati qanday bölib ötgani haqida gapirib berdi va öziga nisbatan paydo bölgan e’tirozlarga javob qaytarişga harakat qildi.
U tadbir boşlovçisining Rossiya prezidenti Ukraina bilan qarama-qarşilikda «Yalta kelişuvi yoki hokimiyat va ta’sirni taqsimlaş böyiça har qanday xalqaro kelişuvga öxşaş murosaga tayyormi?» degan savoliga ijobiy javob berdi.
«Sayyoramizdagi har bir davlat rahbari, ehtimol bir qutbli dunyo davridagi Qöşma Ştatlardan taşqari, öz işining tabiatidan kelib çiqib, murosaga borişga majbur. Bu — diplomatiya. Va u (Vladimir Putin) ham ular orasida», dedi Karlson. Uning qöşimça qilişiça, Putinning pozitsiyasi Rossiya «Ğarbdan keskin javob olganidan» keyin «yanada qattiqlaşmoqda».
Karlson sözlariga köra, Putin «bu uruşdan çiqişni xohlaydi», ammo «uruş davom etar ekan, muzokaralar uçun oçiq bölmaydi». «Oxirgi ikki yil içida bizga dars bölgan narsalardan biri şuki, Rossiyaning sanoat salohiyati biz öylagandan ham qudratliroq ekan», dedi jurnalist Rossiya iqtisodiyoti uruş davrida qanday işlayotgani haqidagi savolga javoban.
Karlson intervyu boşida Putin tarixiy ma’ruza öqiganini eslatib ötdi.
«Siz Putindan Polşani egallaşga tayyormisiz, deb söradingiz. U esa Polşa Rossiya bilan uruş boşlasagina, dedi. Ukraina Rossiya bilan uruş boşlamadi, lekin Putin Ukrainaga bostirib kirdi. Nega bu savolga javob talab qilmadingiz?» deb söradi boşlovçi Karlsondan.
«Men şu savoldan boşladim, lekin u menga Buyuk Yekaterina va qadimgi Rus haqida öttiz daqiqalik ma’ruza qildi», deb javob berdi jurnalist.
Boşlovçi, şuningdek, Karlson nima uçun Putin bilan söz erkinligi, Navalniy, siyosiy qotilliklar va saylov oldidan muxolifatga qöyilgan çeklovlar haqida gaplaşmaganiga ham oydinlik kiritdi.
«Men Amerika ommaviy axborot vositalarida hamma gapiradigan narsalar haqida söramadim. Men umrimni turli mamlakatlarni boşqaradigan odamlardan intervyu olib ötkazganman. Har bir davlat rahbari odamlarni öldiradi, şu jumladan mening mamlakatim rahbari ham. Ba’zi rahbarlar boşqalarga qaraganda köproq öldiradi. Davlat rahbarligi qotillikni talab qiladi, keçirasiz», deb javob berdi jurnalist.

















