Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni joriy yilda amalga oşiriş möljallangan asosiy strategik islohotlar böyiça taqdimot bilan tanişdi.

«Özbekiston – 2030» strategiyasida 2030 yilga borib, mamlakat YaIM hajmini 160 milliard dollarga, aholi jon boşiga daromadni 4 ming dollarga yetkazib, bu borada örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kiriş maqsadi belgilangan. Taqdimotda şu boradagi 5 ta muhim soha – transport, urbanizatsiya va şaharsozlik, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi va energetikadagi islohotlar körib çiqildi.

Ta’kidlanişiça, iqtisodiyot rivoji uçun boş omillardan biri bu – transport imkoniyatlari. Şu sababli, Uzbekistan Airports va Uzbekistan Airways kompaniyalari transformatsiyasini jadallaştiriş, aeroportlar boşqaruvini xususiy sektorga berişni kengaytiriş zarurligi qayd etilgan.

Hududlarda moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat, masofaviy ta’lim va tibbiyot xizmatlari rivojlanişi uçun sifatli internet muhimligi ta’kidlangan.

Kelgusi 7 yilda aholisi 300 mingdan köp bölgan şahar va tumanlar soni hozirgi 13 tadan 28 taga yetadi. Ayrim şahar va şaharçalarning boş rejasi yöqligi sababli faqat eniga kengaymoqda. Bu infratuzilma xarajatlari oşişiga va qişloq xöjaligi yerlari kamayişiga olib kelmoqda. Şu bois urbanizatsiya jarayonlarini tartibga soliş böyiça konsepsiya va qonun işlab çiqişga ehtiyoj borligi qayd etilgan.

Biznesga yanada qulay muhit yaratiş uçun yöl, içimlik suvi, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda xususiy şeriklik qoidalarini aniq belgilaş zarur. Ayni paytda tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga bunday loyihalar dasturini ham şakllantirib boriş joizligi ta’kidlangan.

Davlatning ayrim funksiyalarini, jumladan, hududlarni obodonlaştiriş, erkin iqtisodiy zonalarni boşqarişni xususiy sektorga beriş masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 

Qişloq xöjaligi aholini oziq-ovqat va iş bilan ta’minlaşda katta örin tutadi. Lekin uning ayrim tarmoqlarida iş tartibi haliyam eskiça. Şu bois hosildorlikni oşiriş va tannarxni kamaytiriş, sohaga innovatsiyalarni olib kiriş böyiça aniq yeçimlar kerakligi aytilgan. 

Iqtisodiy ösiş sur’atlarini saqlab qoliş uçun, eng avvalo, barqaror energiya ta’minoti zarur. Bu yil jami 50 milliard dollarlik 122 ta yangi yirik investitsiya loyihasi boşlanadi. Şu bilan birga, aholi soni va korxonalar ham köpayib bormoqda. Yaqin yillarda energiyaga ehtiyoj kamida 1,5 barobar oşadi. Buning ustiga, ayrim tarmoqlarda energiya sarfi hamon yuqoriligi inobatga olingan.