Özbekistonda ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlaş sinovlaridan ötkaziladi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlaş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga köra, 2023/2024-öquv yilidan boşlab umumiy örta ta’lim taşkilotlarida pedagog kasbiga birinçi marta işga qabul qilingan stajyor-öqituvçilar hamda 2024/2025-öquv yilidan boşlab esa bosqiçma-bosqiç umumiy örta ta’lim taşkilotlarining tegişli toifaga ega bölmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlaş sinovlariga jalb etiladi.
Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalaniş uçun 2024 yil 1 martdan boşlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişi mumkin böladi.
Yuqorida keltirib ötilgan reglamentga köra:
- pedagogik kasbga birinçi marta işga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-öqituvçi sifatida faoliyat yuritadi va ular işga qabul qilingan vaqtdan boşlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bölişi talab etiladi;
- kasbiy sertifikat olganidan söng pedagoglar pedagogik faoliyatida beş va undan köp yil davomida uzilişlar bölgan faoliyatini qayta boşlagan vaqtdan boşlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bölişi lozim;
- kasbiy sertifikat oliş uçun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test şaklida ötkaziladi;
- nazorat sinovi natijasi böyiça 56 va undan yuqori ball töplagan talabgor nazorat sinovidan ötgan hisoblanadi va elektron şakldagi sertifikat uning şaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Oldinroq maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejyerlik kursida öqitiş boşlanişi xabar qilingandi.












