Ukrainada urushning 720-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • AQSh Putinning mojaroni muzlatish uchun Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini rad etgan, deb xabar beradi Reuters. Nashr manbalariga ko‘ra, 2023 yilda Putin vositachilar orqali, jumladan Moskvaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari vositachiligida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Ammo bundan naf bo‘lmagan.
  • Rossiyadagi telegram-kanallar Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi poligoniga zarba berilganini xabar qildi. Ukraina tomoni bu xabarni dezinformatsiya deb atagan.
  • AQSh senati Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
  • Ukraina g‘arbidagi Kosmach qishlog‘ida mahalliy erkaklar urushga olib ketilayotgani uchun namoyish o‘tkazildi. Aholi vakillari bolali ayolni «harbiy komissariat ayg‘oqchisi» sifatida gumonlab kaltaklagan.
  • Finlandiya prezidentligi uchun saylovlarda g‘olib chiqqan sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb Ukrainada «tinchlik sari yo‘l jang maydoni orqali o‘tishi»ni ma’lum qildi.

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlarning dafn etilishi

Xarkivlik ayol 10 fevralga o‘tar kechasi yo‘llangan zarba vaqtida halok bo‘lgan shahar aholisiga qo‘yilgan yodgorlik yonida yig‘lamoqda. Rossiya qo‘shini shaharga Shahed dronlari bilan zarba bergan — yetti kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bolalar (yetti va to‘rt yoshlarda, shuningdek yarim yillik chaqaloq)
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Halok bo‘lgan uch bola va ularning ota-onasining qarindoshlari dafn marosimida
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Volchansk o‘qqa tutilishi oqibatlari