Qiziltepa tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi Munavvara Çöliyeva talaba böliş uçun 178 ballni naqd qilib qöydi. Bu haqda Kun.uz’ga Qiziltepa tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari Alişer Umedov xabar berdi.  

Munavvara Çöliyeva ötgan öquv yilida, 10-sinf payti çet tilini biliş darajasi böyiça sertifikatni hamda biologiya fanidan milliy sertifikatni qölga kiritgan.   

Joriy öquv yilida esa u ona tili va adabiyoti, tarix hamda kimyo fanlaridan milliy sertifikatlarni olgan.  

Munavvara maktabni bitirib, tibbiyot oliy öquv yurtiga hujjat topşirişni rejalaştirmoqda. Demak, u faqatgina barça test topşiruvçilar uçun majburiy bölgan fanlardan biri – matematika fanidan 10 ta testni işlaydi xolos.   

Milliy sertifikat nima?

Sertifikat – umumta’lim fanlari böyiça talabgorning bilimini aniqlab beriş uçun möljallangan sinov. Hozirgi paytgaça matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, rus tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix va geografiya böyiça sertifikat imtihonlari ötkazildi.

Test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvçi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirişda quyidagiça ballar beriladi:

  • eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigaça töplaganlarga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball;