Buning uçun ular umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonini topşirişlari kerak.
Milliy sertifikat nima?
Sertifikat – umumta’lim fanlari böyiça, masalan, matematika böyiça talabgorning bilimini aniqlab beriş uçun möljallangan sinov.
Hozirgi paytgaça matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, rus tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti böyiça sertifikat imtihonlari ötkazildi. May oyida esa birinçi marta tarix va geografiya böyiça ham imtihon ötkaziladi. Imtihonni Bilim va malakalarni baholaş agentligi (sobiq DTM) ötkazadi. Hozirgaça sinovda tuşadigan namunaviy savollar ham e’lon qilingan.
Test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvçi sertifikat taqdim etiladi.
Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirişda quyidagiça ballar beriladi:
- eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigaça töplaganlarga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball;
- eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball töplaganlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ball;
- tegişli majburiy fanlar böyiça belgilangan eng yuqori ball.
Majburiy fan uçun belgilangan maksimal ballni oliş uçun talabgorning sertifikat balli 60 foizdan yuqori bölsa yetarli.
Masalan, tibbiyot yönalişiga hujjat topşirmoqçi bölgan abituriyent kimyo va biologiyadan sertifikat olib qöygan bölsa, kiriş imtihonida asosiy blokdagi testlarni işlab ötirmasdan faqat majburiy fanlardagi test topşiriqlarining özinigina bajarişi mumkin.
Yoki iqtisod yönalişiga hujjat topşirayotgan abituriyent imtihondan oldin matematikadan sertifikat olgan bölsa va uning foizi 86 dan yuqori bölsa, ham asosiy blokdagi, ham majburiy fanlar blokidagi matematikaga oid test savollaridan ozod böladi.
Lekin agar bordiyu abituriyentning sertifikat balli 86 foizdan past bölsa, u OTMga hujjat topşirayotganda majburiy fanlar blokidagi matematika fanidan maksimal ballni qölga kiritib, asosiy blokdagi matematika fanidan savollarni işlaş variantini tanlaşi mumkin.


















