Özbekistonlik iqtisodçi Botir Qobilov öz telegram-kanalida sönggi voqealar fonida özbek jamiyatidagi muammolar ildizi baribir ta’limga borib taqalişiga e’tibor qaratdi.

Töğrisi – «ular» nima deb öylaşi, nimalarni deb janjal qilişi meni umuman qiziqtirmaydi. Menimça, bizni yanada köproq öylantirişi va harakatlarga çoğlantirişi kerak bölgan va kun tartibida birinçi örinda turişi kerak bölgan masala bu ta’lim va yana bir bor ta’lim.

Oxirgi kunlarda bunga bir neça bor amin böldik. Hozirgi ahvolimizdan bir kalla emas, ön kalla yuqoriroq sakraşimiz kerak deb öylayman. Özbekistonliklar farovon yaşaşi uçun ham, iqtisodiyotda köp aytiladigan strukturaviy özgarişlarni qilişimiz uçun ham mehnat kuçi sifatini, inson kapitaliga sarmoyani biz oşirişimiz kerak.

Tan berib oddiy narsani olaylik – aksariyati özbek tilida öz ismini ham xatosiz yoza olmaydigan avlodni katta qildik. Men bunday deya olaman bemalol, çunki men şu avlodning bir qismiman. Tengdoşlar, döstlar orasida bor şundaylar.

Ta’lim deganda men 100 foiz davomatni emas, balki sifatni nazarda tutyapman. Barça darajada. 

Masalan, maktabni olaylik. Agar maktab öquvçisi maktabga kelmayaptimi, demak, uning sababi nima bölişi mumkin? Nega maktabga borgisi kelmayapti? Balki maktab u uçun qiziq emasdir? Nega qiziq emas? Kelsa bekorga ötirib ketib heç narsa örganmayaptimi, jarayon umuman qiziq emasmi? Fizika öqituvçisi yöqdir balki? Balki tarix öqituvçisi tarixiy voqealarni qiziqtirib ötmasdan, qaysi yili qaysi jangda qança jangçi daryoning narigi tarafida turganini yodlatayotgandir? Balki adabiyot öqituvçisi özbek tilidagi şedevrlarni qiziqarli öqitib, mulohazaga çorlamasdan balki şartli «Boburnoma»ning yigirma beşinçi betining uçinçi gapida nima yozilganini yodlatayotgandir?

Nega bunday? Dars beriş metodologiyasini biz haligaça hal qilib olmadikmi? Maktabda biz özbekistonliklarga nima örgatyapmiz? Özi özbekistonlik inson qanday bilim bilan hayotga qadam qöyişi kerakligini kelişib oldikmi? Nega öşa şartli fizika, adabiyot yoki matematika öqituvçisi maktab öquvçisi sinfxonada qolişiga qiziqiş uyğotadigan tarzda dars ötmayapti? Nega öz ustida işlamaydi? Yoki sabab uning öz ustida işlaşga vaqti yöqligidadir? Yoki uni boşqa yumuşlar bilan hokimiyatlar, vazirliklar va boşqalar band qilib qöyişyaptimi? Yoki vaqti köp bölsa ham, iqtidorli insonlarni öqituvçilikka çorlaydigan rağbat – maoş kammikan?

Ma’rifat sohasida işlaydiganlarga maoş kam, çunki budjetda pul kammikan? Agar budjetda pul kam bölsa unda keraksiz bölgan XYZ yoki ABC’ga şunça mablağ isrof qiliş töğrimikan? Demak, ota-onalar farzandlarini soliqlari orqali moliyalaştiriladigan maktabga yuborişdan manfaat körmayaptimi? Uning örniga farzandlarini maktabga emas, pullik repetitorga yuboryaptimi? Çunki ular maktabda berilayotgan bilim yetarli emasligini anglab yetganmi?