“Özbekinvest” kompaniyasi suğurta sohasini rivojlantirişda faol iştirok etib, ijobiy rivojlaniş dinamikasini namoyiş etdi va 2023 yil yakuni böyiça biznesning asosiy körsatkiçlari böyiça barqaror ösişni ta’minladi.
“Özbekinvest” kompaniyasi 2023 yildagi faoliyatining yakunlariga köra, Özbekiston suğurta bozorida yetakçi örinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 1,2 trln söm suğurta mukofotlarining yalpi yiğilişini ta’minladi hamda 2022 yil yakuniga nisbatan hajmlarning 1,3 barobar ösişiga erişdi.
2016 yildan 2023 yilgaça bölgan davr mobaynida yiğilgan mukofotlar miqdori 12 barobarga oşdi.
2023 yilda kompaniya milliy tovar va xizmatlar eksportçilariga 2,5 milliard dollar miqdorida suğurta himoyasini taqdim etdi, bu Özbekistonning noxomaşyo eksporti qoplamasining 36 foizini taşkil etdi.
Kompaniyaning 2023 yilda erişgan asosiy yutuqlaridan biri xalqaro suğurtalaş va qayta suğurtalaş bozorlarida suğurta operatsiyalarining dinamik va barqaror rivojlanişi böldi. 2023 yil yakuniga köra, qayta suğurtalaş mukofotlarining yalpi yiğimi 50,4 million dollarni taşkil etdi.
Oxirgi yetti yilda kompaniyaning suğurta portfelidagi xizmatlar eksportining uluşi 0,1 foizdan 48,5 foizga oşdi.
“Özbekinvest” kompaniyasi Germaniya, Şveytsariya, Yaponiya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQŞ, Buyuk Britaniya kabi yetakçi xalqaro transmilliy suğurta va qayta suğurtalaş kompaniyalari va brokerlari bilan hamkorlikni yölga qöydi va sönggi yetti yilda faol, nufuzli va xalqaro suğurta bozorining tan olingan suğurta kompaniyasiga aylandi. Bugungi kunda “Özbekinvest” kompaniyasining qayta suğurtalaş himoyasi dunyoning 120 ta davlatida qabul qilinmoqda.
Korporativ segmentda kompaniya tomonidan 464,2 milliard söm miqdorida suğurta mukofotlari yiğilişi ta’minlandi, bu esa 2022 yil yakuniga köra 2 barobarga köpdir.
Jismoniy şaxslarni suğurtalaş segmentida 104,7 mlrd söm suğurta mukofotlari yiğilişini ta’minlanib, 2022 yil yakuniga nisbatan 167 foizga ösdi,1 milliondan ortiq şartnoma tuzildi.
Mamlakatimiz aholisini suğurta qoplamasi bilan ta’minlaş işlarini davom ettiriş va “mahallabay” tamoyili böyiça işlarni taşkil etiş doirasida 40,5 milliard söm miqdorida suğurta mukofotlari yiğilib, ötgan yilning şu davriga nisbatan uç barobardan ortiq ösişi ta’minlandi.
“Özbekinvest” kompaniyasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida suğurtadan oldingi tekşirişlarning innovatsion tizimi joriy etilişi bugungi kunda kompaniyaning umumiy mijozlar bazasidagi polislarning 87 foizi ma’lumotlarini qayta işlaş imkonini beradi.












