Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi, deb xabar berdi Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Jazoni ijro etiş federal boşqarmasi (JIFB). Idora ma’lumotiga köra, 47 yoşli siyosatçi 3-raqamli axloq tuzatiş koloniyasida sayrdan keyin «özini yomon his qilgan». Koloniyadagi şifokorlar va çaqirilgan tez yordam xodimlari unga yordam berişga harakat qilişgan. «Barça zarur reanimatsiya çoralari körilgan, biroq ijobiy natija bölmagan. Tez tibbiy yordam şifokorlari mahkumning ölimini tasdiqladi. Ölim sabablari aniqlaştirilmoqda», — deyiladi boşqarma xabarida. Labitnangidagi şahar şifoxonasida «Interfaks»ga xabar berişlariça (3-koloniya joylaşgan Xarp posyolkasi Labitnangi şahar okrugi tarkibiga kiradi), şifokorlar bir yarim soatdan ortiq vaqt davomida siyosatçini jonlantirişga uringan.
RT propaganda telekanali Navalniyning ölimiga tromb köçişi sabab bölgani haqida xabar tarqatdi. Baza ma’lumotiga köra, Navalniy tuşki soat bir atrofida huşini yöqotgan, şundan keyin tez yordam çaqirilgan. Şifokorlar Navalniyni qutqarişga urinişgan, ammo soat 14:17 da uning ölimi qayd etilgan.
Navalniyning safdoşlari hozirça koloniyadan tasdiqlangan xabarga ega emasliklarini aytişgan. Siyosatçining matbuot kotibi Kira Yarmiş Navalniyning advokati Yamalo-Nenetsk avtonom okrugiga yöl olganini ma’lum qilgan. «Bizda qandaydir ma’lumot bölişi bilan ma’lum qilamiz», — deya qöşimça qilgan u. Aleksey Navalniyning advokati Leonid Solovyov «Novaya gazeta»ga siyosatçining oilasi qaroriga köra, heç qanday qanday izoh bera olmasligini ma’lum qilgan. «Endi aniqlaştiryapmiz. Advokat çorşanba kuni [14 fevral] Alekseyning yoniga borgan. Öşanda barçasi normal bölgan», — degan u. Navalniyning onasi Lyudmila Ivanovna heç qanday hamdardlik sözlarini eşitişni istamasligini bildirgan: «12-kuni koloniyada öğlimni körgandim, uçraşuv bölgandi. Tirik edi, soğ edi, hayotdan xursand edi».
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Navalniyning ölimi töğrisidagi xabar Vladimir Putinga yetkazilganini ma’lum qilgan. U hozirda Çelyabinsk oblastida bölib turibdi. Peskovning sözlariga köra, Kremlda Navalniyning ölimi sabablari böyiça ma’lumot yöq, buni «tibbiyot xodimlari aniqlaşi kerak». Peskov JIFB Navalniyning ölimi bilan boğliq barça tekşiruvlarni ötkazişini va bu borada alohida topşiriq berilişiga hojat yöqligini qöşimça qilgan. «Kommersant» muxbiri va Putinning solnomaçisi Andrey Kolesnikov Navalniyning ölimi haqidagi xabar prezident uçun kutilmagan hol bölgani va u «özini bazör tutib qolgani» haqida aytgan.












