ChatGPT va Dall-e kabi neyrotarmoqlarni yaratgan OpenAI ning yangi sun’iy intellekti bilan endi bemalol kino ham işlasa böladi.
Ma’lum qilinişiça, bu neyrotarmoğ modeli oddiy matnni yuqori sifatli roliklarga aylantirib bera oladi. Hozirça u bilan bir daqiqagaça bölgan video generatsiya qiliş mumkin.
Neyrotarmoqni yaratgan OpenAI kompaniyasining qayd etişiça Sora obektlarning fizik xossalari va bir-biriga özaro boğliqligini hisobga oladi, şu sababli tabiiy animatsiyali rostakam videolar yarata oladi.
Bundan taşqari, Sora mavjud videodagi böş kadrlarni töldirib, uning davomiyligini ham uzaytirib bera oladi.
Ayni paytda neyrotarmoq sinov bosqiçida va hozirça omma e’tiboriga havola etilmagan. Biroq uni allaqaçon rassomlar, dizaynerlar va rejissyorlar sinovdan ötkazmoqda. Ular generatsiya davomidagi ayrim xatoliklarni körsatib berişadi.













