2024 yil avgust oyida Qozoğiston va Özbekiston çegarasida «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi majmuasi qurilişi boşlanadi. Bu haqda Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan va mazkur loyiha holatini muhokama qilgan Qozoğiston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri örinbosari Qayrat Törebayev ma’lum qildi.
Qozoğistonning Turkiston va Özbekistonning Sirdaryo viloyatida quriladigan sanoat majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga köra, u yerda yopiq majmua quriladi, işlab çiqariş va ulgurji savdo uçun qulay şaroitlar yaratiladi.
«Biz asosiy investorni aniqladik. U davlat va xususiy kapitalni birlaştirib, sanoat zonasini quradi. Qozoğiston 50 gektar yer ajratdi. Uni 100 gektarga yetkaziş rejalaştirilgan. Kooperativ qurilişi şu yilning avgust oyida boşlanadi. Işçi guruh yiğilişida Özbekiston paxtani qayta işlaş korxonasi bilan şartnoma imzolandi. Majmuaning 15 gektar maydoni korxonaga beriladi. Kompaniya öz işlab çiqarişini yölga qöyadi», dedi Qayrat Törebayev.
Qayd qilinişiça, u yerda işlab çiqarilgan mahsulotlar uçinçi davlatlar bilan bir qatorda har ikki davlat bozorlariga ham eksport qilinadi. Natijada Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 10 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.
«Biz qurilişni 2027 yilgaça yakunlaymiz. Ayni paytda har ikki tomonda joylaşgan va tadbirkorlik faoliyatini boşlaydigan investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu yerda nafaqat mahalliy, balki xorijiy biznes vakillari ham işlab çiqarişni yölga qöyiş niyatida. Ungaça zarur infratuzilmani yaratamiz», dedi Sirdaryo viloyati sarmoya va savdo boşqarmasi boşliği örinbosari Bekmurod Akbarov.
2030 yil majmuaning töliq işga tuşirilişi va tijorat maqsadlarida foydalaniş davri sifatida belgilangan.

















