Nyu-York sudi AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampni 350 million dollardan köproq jarima tölaşga hukm qildi. U 10 yil davomida qasddan moliyaviy firibgarlik qilganlikda aybdor deb topildi.

Sudya Artur Enorgon, şuningdek, Trampga uç yil muddatga Nyu-Yorkdagi istalgan korporatsiyada ijroçi yoki direktor lavozimini egallaşni taqiqladi.

Nyu-York boş prokurori Letisia Jyeyms tomonidan berilgan da’voda Tramp va uning oilaviy korxonalari banklarni aldaş va kredit şartlarini yaxşilaş maqsadida ön yil davomida uning boyligini yiliga 3,6 milliard dollarga oşirib körsatganlikda ayblangan.

Sudda Tramp har qanday ayblovni inkor etdi va işni siyosiy qasos deb atadi.

Sud, şuningdek, sobiq prezidentga tegişli Trump Organization va uning filiallariga Nyu-Yorkdagi har qanday moliya institutidan kredit oliş uçun ariza berişni taqiqladi.

Ammo sudya Trampning biznes litsenziyalarini bekor qilmadi, ayrim ekspertlarning fikriça, bu uning biznes imperiyasini tugatişi mumkin edi.

Bu işda Donald Trampni advokat sifatida himoya qilgan Alina Habba sözlariga köra, mijozi sudya Engoron qarori ustidan apellyatsiya beradi.