Jizzax şahrida yaşovçi B.Ş. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan jami 3 mln söm puli noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent viloyati, Angren şahrida yaşovçi 24 yoşli K.F. sodir etganligi aniqlangan.
Unga köra, K.F., jabrlanuvçi B.Ş.ga özini “Telegramdagi guruh admini sifatida taniştirib, unga haydovçilik guvohnomasi tayyorlab berişini, B toifa uçun 3 mln söm, B, C toifa uçun 3,5 mln taşlab berişi lozimligini aytgan.
Söng, B.Ş.ning işonçiga kiriş orqali, oldindan 3 mln sömni özining bank kartasiga ötkazib olgan va yozişmalarni öçirib yuborib, uning qönğiroqlariga javob bermay, qora röyxatga kirgazib qöygan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, K.F.ning sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.












