Energetika vazirligi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyatiga qisqa muddatli çeklovlar kiritilayotganini ma’lum qildi.
«Respublika hududlarida havo harorati pasayişi natijasida magistral gaz quvurlarida bosim kamayişi holatlari kuzatilyapti.
Şuni inobatga olgan holda, birinçi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida respublikadagi barça avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyatiga qisqa muddatli çeklovlar kiritilmoqda.
AGTKŞlar faoliyatiga kiritilgan çeklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barça benzin «zapravka»larga avtobenzin mahsulotlari qöşimça miqdorlarda yetkazib berilişi ta’minlanadi.
Iste’molçilardan yetkazilgan noqulayliklar uçun uzr söragan holda, vaziyat barqarorlaşgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilişlarini söraymiz», deyilgan xabarda.
AGTKŞlar faoliyatida özgarişlar kuzatilsa, qöşimça ma’lumotlar berilişi ma’lum qilingan.
- Bundan oldinroq «Hududgazta’minot» keyingi kunlarda havo harorati pasayişi kutilayotgani munosabati bilan aholini tejamkorlikka çaqirib, haydovçilardan avtomobillarini yonilği bilan töldirib olişni söragandi.
- 17 fevral kuni esa Buxoro viloyatida barça AGTKŞ faoliyati vaqtinça töxtatilişi ma’lum qilindi.













