Rossiya poytaxti Moskvada köça tozalovçi işçilar örniga robotlardan foydalaniş boşlandi. 12 ta haydovçisiz tozalaş maşinasi köça supuriş uçun işga çiqdi. Qurilmalar deyarli bir yil davomida sinab körilgan. Bu haqda «Kommersant» yozdi.

Mini traktor «Piksel» deb nomlangan. U Moskvaning «Avtonomika» kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

«Piksel», xususan, Wi-Fi modullari, GPS va GLONASS navigatsiya tizimlari, ultratovuş sensorlari va kameralar bilan jihozlangan. U avtonom harakatlanişi yoki Microsoft Xbox konsolidagi joystik yordamida masofadan boşqarilişi mumkin.

Uskuna çötka, maysa örgiç, suv purkagiç, qor tozalagiç va muzga qarşi reagent purkagiç bilan jihozlangan. «Piksel» köça tozalovçi işçilarni almaştirişga qodirligi ta’kidlanmoqda.

«Piksel» juda qimmat, taxminan 15 million rubl (≈2 mlrd söm) turadi. Qayd qilinişiça, robotlar bir neça parklarda iş boşlagan. Ular odam va jonivorlar uçun xavfsiz, ularga yaqinlaşganida töxtab qolişi aytilmoqda.

Robot-supuruvçi inson örnini bosişi ta’kidlansa-da, ba’zi mutaxassilar bunga şubha bilan qaramoqda. Çunki, farroşlik kasbi murakkab, hududni tozalaş, qorni qayerga taşlaş va hokazolar haqida tuşunça va bilimga ega bölişni talab qiladi. Tor joylarda esa maşina odamning örnini bosa olmaydi.

«Piksel» roboti ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Litiy-ion batareyalar bilan quvvatlanadi, u kuniga 16 soatgaça harakatlana olişi mumkin.

Köça tozalovçi robotlar allaqaçon yirik şaharlarda sinovdan ötkazilgan. 2023 yilda Pekin maxsus avtonom zonasida avtobus asosida yaratilgan maxsus robot sinovdan ötkazildi. Ammo u heç qaçon ommaviy foydalanişgaça yetib bormadi.