Endi Özbekistondan Britaniyaga hamşiralar ham işga yuboriladi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, agentlik bu masalada britaniyalik iş beruvçi taşkilot bilan kelişuvga erişgan.

“Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiya agentligi köplab yurtdoşlarimiz murojaatlaridan kelib çiqib, Buyuk Britaniyaga tibbiyot sohasiga hamşiralarni işga jalb qiliş böyiça iş beruvçi taşkilot bilan kelişuvga erişdi. Uşbu kelişuvga muvofiq, yaqin kunlarda ingliz tilini biladigan hamşiralar uçun Buyuk Britaniyada işlaş böyiça e’lon berilişi rejalaştirilmoqda”, deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Ma’lumot uçun, şu paytgaça Özbekistondan Britaniyaga asosan qişloq xöjaligi sohasida mehnat qiliş uçun odam yuborilayotgandi.

Avvalroq özbekistonliklar uçun Janubiy Koreya qariyb 40 mingta böş iş örni taklif etayotgani, Germaniyaga esa 50 ming odam yuborilişi mumkinligi xabar berilgandi.