Rossiya yadroviy kosmik qurollarni işlab çiqmoqda, u portlatilganda hukumat va tijorat sun’iy yöldoşlarini yöq qila oladigan kuçli elektromagnit impuls (EMP) hosil qiladi, deb xabar berdi CNN AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga tayanib.

Uşbu qurol köp sonli sun’iy yöldoşlarni, jumladan, mobil va internet aloqalarini ta’minlaydigan yöldoşlarni öçirib qöyişi mumkin. Masalan, bu qurol Starlink kabi kiçik sun’iy yöldoşlarning katta guruhini yöq qilişga qodir böladi.

Biroq, bu qurol, masalan, yuqoriroq orbitada joylaşgan GPS sun’iy yöldoşlarining işlaşiga ta’sir qilişi mumkinligi noma’lumligiça qolmoqda. Pentagonning sobiq yuqori martabali mulozimi sözlariga köra, hamma narsa portlaşgaça bölgan masofa va uning kuçiga, şuningdek, sun’iy yöldoşlarning yoşiga boğliq.

Naşrning boşqa manbasiga köra, orbitadagi har qanday EMP qurilmasining eng katta xavfi şundaki, u işdan çiqqan sun’iy yöldoşlardan iborat «mina maydoni»ni yaratişi mumkin. Bu esa yangi sun’iy yöldoşlarga xavf tuğdiradi.

Şu bilan birga, ba’zi suhbatdoşlar fikriga köra, Rossiya faqat oxirgi çora sifatida foydalanişi mumkin bölgan qurol yaratmoqda, çunki u fazodagi har qanday, jumladan, Rossiya sun’iy yöldoşlariga ham zarar keltiradi.

Fevral oyi örtalarida AQŞ Vakillar palatasining razvedka qömitasi raisi Mayk Tyorner «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid» haqida ogohlantirib, prezident Jo Baydendan ma’lumotlarni oşkor etişni talab qilgan edi. ABC telekanali manbalarining ta’kidlaşiça, gap Rossiyaning koinotda yadro qurolini joylaştiriş rejalari haqida ketmoqda.

Keyinroq AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi Rossiya sun’iy yöldoşga qarşi qurollarni işlab çiqayotganini aytdi. Jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda u qurol işlab çiqiş bosqiçida ekanligini va hozirça bevosita xavf tuğdirmasligini ta’kidladi. Kirbi şuningdek, Qöşma Ştatlar Rossiya va boşqa davlatlar bilan bu qurollar böyiça töğridan-töğri diplomatik aloqalarni boşlaganini aytdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi qurollar işlab çiqilişi haqidagi xabarlarni Vaşington tomonidan Kongressni Ukrainaga yordam ajratiş loyihasiga ovoz berişga işontirişga qaratilgan «hiylasi» deb atadi. Şuningdek, u Vaşington Moskva bilan aloqa örnatmaganini aytdi.