Dizel yonilğisining birjaga qöyiladigan narxlari 15 foizga arzonlaştirildi. Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ axborot xizmati xabar berdi.

«Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarni iqtisodiy va moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilğisi komponentini kompaundlaş orqali işlab çiqarilgan dizel yonilğisining narxlari EKO dizel yonilğisi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlaştirildi.

Bugun, 19 fevraldan jamiyatga qaraşli barça neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilğisining bir tonnasi 11 mln 608 ming 190 sömdan arzonlaştirilgan narxlarda birja savdolariga joylaştirildi», deyiladi «Özbekneftgaz» xabarida.

Avvalroq, Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan kengaytirilgan videoselektor yiğilişida «Özbekneftgaz» AJga birja savdolariga qöyilayotgan dizel yonilğisi narxini 15 foizga pasaytiriş böyiça körsatmalar berilgandi.