O‘zbekiston | 11:40 / 19.02.2024
122421
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha 19-23 fevral kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlab turadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bu hafta davomida havo harorati asosan kechalari -3...-8 daraja, shimolda -7...-12 daraja, ba’zi joylarda -16 darajagacha, kunduz kunlari 19-20 fevralda -3...+2 daraja, 21-23 fevralda +0...+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Bugun kunduzi aksariyat viloyatlarda ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga, 2 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

21-23 fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kunduzi, shuningdek 20 fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21-23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi -3...-8 daraja, kunduzi 19-20 fevralda -2...+3 daraja, 21-23 fevralda +0...+5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid