Amerikaning birinçi F-16 qiruvçi samolyotlari iyun oyida Ukraina qurolli kuçlariga topşiriladi, deb hisoblaydi Litva mudofaa vaziri Arvidas Anusauskas. «Öylaymanki, iyun oyida biz ularni Ukrainada köramiz», — deya uning sözlarini keltiradi Foreign Policy jurnali 18 fevral, yakşanba kuni.

Litva vaziri tilga olgan sanalarni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida iştirok etgan boşqa bir yevropalik rasmiy naşrga tasdiqladi. 

Foreign Policy ma’lumotlariga köra, Kiyev hukumati AQŞ moliya yili oxirigaça, ya’ni oktyabr oyigaça F-16 samolyotlarida 12 nafar uçuvçi öqitilişini kutmoqda. 

Niderlandiya F-16’ni Ukrainaga topşirişga jadallik bilan tayyorlanmoqda 

Bir kun avval Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte DW naşriga bergan intervyusida uning mamlakati Daniya, Britaniya va boşqa koalitsiya davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga 24 ta F-16 qiruvçi samolyotini beriş niyatida ekanini esladi. «Bu juda katta olğa siljiş», dedi u. Ukrainalik uçuvçilarni öqitiş va jangovar samolyotlarni yetkazib berişga tayyorlaş «yuqori tezlikda» davom etmoqda, dedi Ryutte, ammo u aniq yetkazib beriş sanasini aytişdan boş tortdi. 

Belgiya va Norvegiya ham Kiyevga F-16 samolyotlarini yuborişga va’da berdi, ular gap qança samolyot haqida ketayotganini oçiqlamadi. Daniya 2024 yilning ikkinçi çoragida Ukrainaga oltita köp maqsadli qiruvçi samolyotni topşirişni rejalaştirmoqda. 

2023 yil noyabr oyi boşida Ruminiyadagi Feteşti harbiy-havo kuçlari bazasida ukrainaliklarni F-16 samolyotlarida öqitiş markazi oçildi. Uçuvçilarni tayyorlaş bir neça oy davom etişi kutilmoqda.