Qozoğiston va Özbekiston umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan 21 ta yangi loyihani işga tuşiriş ustida işlamoqda. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri örinbosari, Taşqi işlar vaziri Murat Nurtileu Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan Astanada ötkazilgan muzokaralardan söng ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, Qozoğiston Özbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Sönggi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 4 milliard dollardan oşgan. 

«Sanoat kooperatsiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erişildi. Ayni paytda qiymati 156 million dollar bölgan 12 ta qöşma loyiha işga tuşirilgan. Bundan taşqari, 1 milliard dollarlik 21 ta yangi loyihani körib çiqyapmiz. Endi bu sur’atni yöqotmagan holda özaro tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliard dollarga yetkaziş istiqboldagi muhim vazifalardan biridir. Qozoğiston-Özbekiston çegarasida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazining taşkil etilişi ana şu maqsadga qaratilgan. Şuningdek, mintaqalararo hamkorlik forumlarini ötkaziş muhimligini ta’kidladik», dedi Nurtileu. 

Vazirning sözlariga köra, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisini öylantirayotgan muhim masala bölgan suv-energetika majmuasi yuzasidan fikr almaşildi va uni hal etiş yöllariga e’tibor qaratildi. 

«Bundan taşqari, biz boşqa qöşma loyihalarni amalga oşirişni muhokama qildik. Biz bu taşabbuslar taşqi siyosat idoralari tomonidan zarur yordam olişiga va’da berdik. Ikki davlatning tranzit salohiyatini oşirişga xizmat qiladigan yangi temir yöllarni quriş loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Öz navbatida biz özbek transportçilarining çegara orqali tranzitini yengillaştiriş yönalişida aniq qadamlar qöyiş böyiça kelişuvga erişdik. Qozoğiston tomoni bu masalalarga umumiy manfaatlar nuqtai nazaridan qaraşini va manfaatlarimizga muvofiq hal qilişga tayyorligini ta’kidladim. Öz navbatida, özbek taşuvçilari u uçun çegara orqali tranzitni osonlaştiriş böyiça bir qança takliflar bilan çiqdi. Ular orasida çegaradan ötiş punktlarini köpaytiriş, yangi yöllar quriş kabi köplab aniq masalalarni muhokama qildik va tez orada tegişli vazirliklar örtasida muzokaralar olib boriş böyiça kelişuvga erişdik», dedi Nurtileu.