Amerikalik respublikaçi senator Jyeyms Devid Vens NATO ittifoqçilariga, agar Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylansa, ular taşqi agressiyadan himoyalanişda AQŞga işonişi mumkinligini bildirdi. «Albatta, biz NATOdagi ittifoqçilarimizni yaxşi köramiz. NATOni qadrlaymiz va bu butun siyosiy spektrga taalluqlidir, ammo Yevropa xavfsizlik masalalarida mustaqilroq bölişi kerak, bu Trampning messeji edi», dedi u Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jurnalistlarga.
Vens ayniqsa Germaniyani armiyaga köproq sarmoya kiritişga çaqirdi. «Agar Germaniya yalpi içki mahsuloti böyiça dunyoda beşinçi örinni egallagan bölsa-yu, Rossiya hatto birinçi öntalikka kirmagan bölsa, Germaniya işonçli tiyib turişga qodir bölişi kerak emasmi?» — dedi u.
«Germaniya xavfsizlik masalalarida mustaqil bölişi kerak»
Ammo senator şunday qöşimça qildi: «Bu Germaniyani yolğiz taşlab qöyiş uçun dalil emas. Bu bizning nemis döstlarimiz uçun biroz kattaroq rol öynaş uçun rağbatdir, çunki Qöşma Ştatlar keyingi yarim asrda boşqa narsalarga e’tibor qaratişi kerak».
Dpa agentligining ta’kidlaşiça, Jyeyms Devid Vens Trampga ayniqsa yaqin bölgan respublikaçi kongressmenlar qatoriga kiradi. Donald Tramp ötgan hafta mudofaaga yetarliça sarmoya kiritmayotgan NATO ittifoqçilarining himoyasini şubha ostiga qöydi. Bu sözlar Germaniya va Yevropada özini qanday qilib mustaqil ravişda himoya qiliş, jumladan, özining Yevropa yadro soyabonini yaratiş imkoniyati haqida qizğin bahs-munozaralarga sabab böldi.
Ukraina uçun yangi yordam paketi blokadasi
Vens - Myunxen konferensiyasida qatnaşayotgan 30 dan ortiq AQŞ kongressmenlaridan biri. Forum iştirokçilarining diqqati ham ularga qaratilgan, çunki Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi yordam paketi hozirda Kongressda respublikaçilar tomonidan bloklangan. Demokratlar köpçilikka ega bölgan Senat bu paketni allaqaçon ma’qulladi, ammo respublikaçilar köpçilikka ega bölgan Vakillar palatasining roziligi söroq ostida.
Vens paketning Vakillar palatasidan ötiş imkoniyatini 50 ga 50 deb baholadi. U respublikaçilar saylovoldi kuraşning bir qismi sifatida taktik sabablarga köra Ukrainaga yordam paketini tösib qöygani haqidagi ayblovlarni rad etdi. «Respublikaçilar Ukraina paketini Trampning saylovoldi kampaniyasi tufayli tösib qöymayapti. Respublikaçilar bu paketga şubha bilan qaraydi, çunki bu mamlakatimiz manfaatlariga töğri kelmaydi, deb hisoblaydi», dedi senator.












