“Hududiy elektr tarmoqlari” Toşkent şahar filiali xabariga köra, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bölimi tomonidan tegişli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda Olmazor tumani Allon mahallasida yaşovçi 27 yoşli D.K. noqonuniy mayning ferma taşkil qilgani aniqlangan.
Uşbu mayning ferma elektr tarmoğidan noqonuniy foydalanişi natijasida jami 126,3 mln söm miqdorda moddiy zarar yetkazganligi ma’lum bölgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (juda köp miqdordagi öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.













