“Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, vakil konstitutsiyaga muvofiq qonunçilik takliflarini qonunçilik taşabbusi tartibida Oliy Majlisning Qonunçilik palatasiga kiritişga haqli ekani belgilandi.
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati taşkil etilişining asosiy prinsiplari töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, Qonunçilik palatasining deputati bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emasligi belgilandi.
“Oliy Majlisning Senati töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan özgartirişga köra, Senat va uning organlari majlislarida Markaziy bank boşqaruvi raisi iştirok etişi mumkin. Bundan taşqari, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi bölişi mumkin emasligi belgilandi. Senat konstitutsiyaga muvofiq qonunçilik takliflarini qonunçilik taşabbusi tartibida Qonunçilik palatasiga kiritişga haqli.
Qonunçilik takliflarini tayyorlaş, körib çiqiş va ularni Qonunçilik palatasiga kiritiş tartibi Senatning reglamentida belgilanadi.
«Prokuratura töğrisida»gi qonunga köra, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining boş prokurori lavozimini egallaşi mumkin emas.
«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonunga köra, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunçilik palatasining spikeri bölişi mumkin emas.













