Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni hududlarda iqtisodiy ösişni ta’minlaş, past quvvatda işlayotgan korxonalarni qöllab-quvvatlaşga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi. 

Qayd qilinişiça, avvalroq, bu haqda makroiqtisodiy barqarorlik tahlili böyiça ötgan yiğilişida topşiriq berilgan edi. Unga muvofiq, hududlarda işga solinmagan qöşimça imkoniyatlar, tadbirkorlarning muammo va takliflari örganildi. 

Masalan, Qaşqadaryo viloyatidagi Mirişkor kanaliga qöşimça nasos va lotoklar örnatiş orqali Qarşi tumanida 600 gektar yerni özlaştiriş mumkin. Bu kastor loviyasi yetiştirib, uning moyini işlab çiqariş, 1 ming 400 kişining bandligini ta’minlaş imkonini beradi. 

Ta’kidlanişiça, ayrim sanoat zonalarida infratuzilma quvvatini yaxşilaş zarur. Şu maqsadda joriy yilda budjetdan 1,5 trillion söm ajratilişi belgilangan. Buning natijasida mazkur zonalarning jozibadorligi oşib, korxonalar faoliyati kengayadi va iş örinlari köpayadi. Sanoat korxonalariga yaqin böş maydonlarda quyoş panellari örnatib, ularga qöşimça energiya yetkazib beriş hamda tizimdagi yuklamani yengillatiş imkoniyati bor. 

Taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir qilgan. Masalan, tekstil uçun böyoq importida bojxona imtiyozi qöllanilgani hisobiga trikotaj mato, köylak, kostyum-şim tannarxi arzonlaşgan. Taqdimotda uşbu imtiyozlar muddatini uzaytiriş orqali erişilgan natijalarni mustahkamlaş maqsadga muvofiqligi qayd etildi. 

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegişli me’yoriy hujjatlarni takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi. Mutasaddilarga barça 208 ta tuman va şaharning «ösiş nuqtalari»ni aniqlaş, aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan loyihalar tayyorlaş vazifasi qöyildi.