Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, bugun, 20 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY köçasi sotuv ofisi qarşisida 1997 yilda tuğilgan D.S. boşqaruvida bölgan YUTONG rusumli elektrobus bilan YTH qayd etilgan.

Haydovçi elektrobusni boşqarib ketayotib rul boşqaruvini yöqotgan, yölning qarama-qarşi bölagiga çiqib ketib, qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tuğilgan X.M boşqaruvida bölgan “Kobalt” rusumli avtoulov bilan töqnaşgan, söngra D.S. boşqaruvida bölgan YUTONG rusumli elektrobus 1986 yilda tuğilgan A.A. boşqaruvida bölgan YUTONG rusumli elektrobus bilan töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Yöl-transport hodisasi natijasida D.S. boşqaruvida bölgan elektrobusning 2004 yilda tuğilgan yölovçisi tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.