Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari Qizil dengizda kemalarni Yaman husiyçilaridan himoya qiliş uçun dengiz operatsiyasini boşlaşni ma’qulladi. 19 fevral, duşanba kuni qabul qilingan qarorga köra, Yevropa harbiy kemalari va hamrohlik qiluvçi samolyotlari Qizil dengiz va qöşni dengiz hududlariga u yerdan harakatlanayotgan savdo kemalarini himoya qiliş uçun yuboriladi.
Yevropa Ittifoqi kengaşining bayonotida aytilişiça, «Aspides operatsiyasi 2023 yil oktyabr oyidan beri husiyçilar hujumlari xalqaro tijorat kemalarini nişonga olgan hududda Yevropa Ittifoqi dengiz kuçlarining mavjudligini ta’minlaydi».
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi kengaşi qarorini olqişladi. «Inqirozga javob berişdan taşqari, bu Yevropa manfaatlarini himoya qiliş uçun dengizda kuçliroq Yevropa Ittifoqi mavjudligiga qaratilgan qadamdir», deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.
Nemis fregati Aspides operatsiyasida iştirok etadi
Missiyada bortida 240 nafar askar bilan Germaniyaning «Gessen» fregati iştirok etadi. 143 metr uzunlikdagi, zenit-raketalar bilan jihozlangan kema 8 fevral kuni Vilgelmsxafendan Örta Yer dengiziga jönatildi.
Bundan taşqari, Germaniya Gretsiyaning Larisa şahridagi operatsiya ştabini xodimlar va vertolyotlar bilan ta’minlaş niyatida.
Aspides deb nomlangan Yevropa Ittifoqi missiyasining bir yillik mandati Germaniya bundestagi tomonidan tasdiqlanişi kerak. Ovoz beriş 23 fevral, juma kuni bölib ötişi kutilmoqda.
Husiyçilar Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilmoqda
Yamanning Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan husiyçi isyonçilari 2023 yil oktyabr oyida HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan beri Qizil dengizdagi tijorat kemalariga dronlar va raketalar bilan muntazam hujum qilib kelmoqda. Husiyçilar Yaqin Şarqdagi mojaroga HAMAS tomonida kirganini e’lon qildi. AQŞ va Britaniya öz ittifoqçilari kömagida yanvar oyi örtalaridan boşlab Yaman Respublikasidagi husiyçilar nişonlariga yirik hujumlar uyuştirmoqda.













