Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy va Samarqand viloyatlari böyiça boşqarmalari xodimlari hamkorligida Nurobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumanida yaşovçi şaxs Nurobod tumanida istiqomat qiluvçi jinoiy şerigi bilan til biriktirib, Tojikistondan olib kelingan 2 kg 875 gr “opiy” moddasini 40,5 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida qölga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan içki işlar organlari xodimlarini jalb qilgan holda ötkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomaşina Jomboy tumani hududida töxtatilib, közdan keçirildi. Natijada, unda yölovçi sifatida ketayotgan, Urgut tumanida yaşovçi 2 nafar şaxsning yonida 1 kg 616 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum böldi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent-Farğona yönalişida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomaşina Namangan viloyatining Pop tumanidagi YPX maskanida töxtatildi. Töxtaş jarayonida avtotransport vositasida yölovçi sifatida ketayotgan, Bağdod tumanida tuğilgan şaxs avtomaşina oynasidan bir dona paketni uloqtirib yuboradi. Şundan söng, uşbu paket xolislar iştirokida tekşirib körilganda, unda 1 kg 915 gr “gaşiş” moddasi borligi ma’lum böldi. Aniqlanişiça, mazkur fuqaro tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Toşkent viloyatining Böka tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ajal oğusini olib ketayotgan bölgan. U giyohvandlik vositasini 8 ming AQŞ dollariga sotib olgan.
Farğona viloyatining Oltiariq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Farğona tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs 770 gr “gaşiş” moddasini 7 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida qölga olindi. Tergovga qadar tekşiruv davomida, Qirğizistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan uşbu narkotik moddaning haqiqiy egasi Farğona tumanida yaşovçi fuqaro ekanligi aniqlanib, u ham uşlandi.
Hozirda uşbu şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.













