Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Pokiston boş vazirining Afğoniston böyiça maxsus vakili Asif Durroniy bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport kommunikatsiyalari sohalarida Özbekiston-Pokiston strategik şerikligini yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Afğoniston yönalişida, xususan, afğon xalqiga gumanitar va boşqa turdagi yordam körsatişda hamkorlikni kengaytiriş muhimligi qayd etildi.
Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorligiga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.













