Ukraina qurolli kuçlari Rossiya armiyasining «DXR» hududidagi Volnovaxa şahri yaqinidagi Trudovskoye qişloğidagi poligoniga zarba yölladi. Bu haqda BBC rus xizmati muxbiri Ilya Barabanov, ukrainalik jurnalist Denis Kazanskiy va ayirmaçilar safida jang qiluvçi harbiy Yegor Guzenko xabar bergan.

BBC manbasiga köra, ukrain armiyasi 20 fevral kuni rossiyaliklar poligoniga HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimidan zarba yöllagan. Barabanov va Guzenkoning ma’lumotiga köra, bu vaqtda poligonda 36-gvardiya motoöqçilar brigadasi (06705 harbiy qismi) harbiy xizmatçilari bölgan, brigadaning doimiy joylaşuv manzili — Baykalorti ölkasi Borzi şahri.

BBC tasdiqlaşiça, zarba vaqtida poligonda brigadaning uçta rotasi jangçilari (200-300 kişi) bölgan, ular Şarqiy harbiy okrugning 29-armiyasi qömondoni, general-mayor Oleg Moiseyev kelişini kutayotgandi. Askarlar general taşrifi munosabati bilan saf tortib turgani haqida Guzenko ham xabar qilgan. Rossiyalik «harbiy muxbir» Roman Saponkov askarlar kutgan «katta komandir» baribir kelmaganini aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda poligonda zarbadan keyin olingan köp sonli fotosuratlar va videoyozuvlar tarqalgan. Ularda harbiy formadagi önlab kişilar jonsiz yotganini köriş mumkin. Zarbadan keyin olingan videoyozuvlardan birida harbiylardan biri şunday deydi: «Oçiq maydonga komandirlar saf torttirdi». Videoyozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.