«Bizga çekinişni aytişdi, ammo ruslar ortimizda edi». Avdiyivka taşlab çiqilişi tafsilotlari
|19:59 / 22.02.202440 8359 min
Ukrain harbiylari şahar şarqidagi «Zenit» tayanç punktidan çekinişga keçikkan va qurşovda qolib ketgan. Qurşovdan çiqiş uçun harbiylar mustaqil harakat qilişiga töğri kelgan va ularning bir qismi yölda halok bölgan. Yaradorlar harbiylar tayanç punktida qoldirilgandi, lekin ular asir olinmagan, ijtimoiy tarmoqlarda ularning jasadlari aks etgan video tarqaldi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Ukraina hukumati ötgan haftada RF armiyasi nazoratiga ötgan Avdiyivka şahrida ukrainalik harbiy asirlar otib taşlangani ehtimoli yuzasidan tekşiruv ötkazmoqda. Ukrain qöşini çekinayotganda şahar şarqidagi «Zenit» tayanç punktida olti nafar yarador harbiy qoldirilgan: qarindoşlari va boşqa ukrain harbiylariga köra, ular asir tuşişga tayyorlangan. Ammo keyinroq Rossiyadagi telegram-kanallar uşbu harbiylarning jasadlari aks etgan videoni namoyiş etdi.
BBC öşa fojiali voqealar ketma-ketligini aniqlaş uçun qurşovda qolib ketgan uşbu harbiylarning qarindoşlari, şuningdek «Zenit»da bölgan boşqa harbiylar bilan gaplaşdi.
Ularning hikoyalari nafaqat rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida, balki ukrain qöşini tartibsiz çekingani va ehtimol şaxsiy tarkibda köplab yöqotişlarga uçralgani töğrisida kartina hosil qiladi.
17 fevral kuni e’lon qilingan Avdiyivkadan çiqiş boşlanişidan oldinroq havo hujumidan mudofaa qismi joylaşgan «Zenit» tayanç punktidagi harbiylar öz qömondonligiga zudlik bilan çekiniş lozimligini bildirgan. 110-Alohida mexanizatsiyalaşgan brigadadan bölgan va sönggi haftalarni «Zenit»da ötkazgan Viktor Bilyakning aytişiça, askarlar hatto rotada xizmat qilişdan boş tortişini ma’lum qilişgandi.
«Men nima qilişni bilmayapman»
Jang qilib çekiniş haqida buyruq kelganida esa juda keç bölgandi — ularning pozitsiyasi allaqaçon qurşab olingandi.
Harbiy şifokor Ivan Jitnik 13 fevral kuni öz kuyovi Dmitroga şunday yozadi: «Bizga çekinişni aytişdi, ortda esa [rossiyaliklar]. Men nima qilişimni bilmayman. Şokdaman».
Ivan Jitnik rossiyaliklar pozitsiyaga kirib kelişidan bir neça soat oldin qarindoşlari bilan gaplaşgan
Hududdan çiqişga uringan birinçi guruh amalda raqibni yakson qilib, qolganlar uçun ötiş yölini ta’minlaşi rejalaştirilgandi. «Bular eng jasur askarlar edi», — deya xotirlaydi Viktor Bilyak. Bu guruhdan Ivan Jitnik, şuningdek uning xizmatdoşi Andriy Dubnitskiy ham joy olgandi. Ular öşanda hali «Zenit»da taşlab ketiladigan olti harbiy içida bölişlarini bilişmasdi.
Ularning guruhi 13 fevraldan 14 fevralga ötar keçasi yölga çiqadi. «Taşqariga çiqişi bilan ular raqib bilan töqnaşadi, — deya hikoya qiladi Bilyak. — Otişma boşlanadi va ularning ustiga artilleriya öqlari yoğdirişadi». Guruh ortga qaytişga majbur böladi. Bazaga ön kişidan faqat uç kişi, jumladan Jitnik va Dubnitskiy qaytib keladi.
Mavzuga oid
Ammo Ivan ikki oyoğidan jarohatlangandi. U yölda yiqiladi va örnidan qimirlay olmaydi. Tong otganda «Zenit»dagi quroldoşlari uni qutqariş uçun çiqişadi.
Viktor Bilyak va yana uç askar Ivanni zambilga ortadi va minomyot zarbalari ostida harakatlanişadi. Minalardan biri Viktorning yonida portlaydi: u yaralanadi va bazaga qaytişga majbur böladi. Uning örniga Georgiy Pavlov çiqadi, keyinroq u ham taşlab ketilgan olti askar qatorida böladi.
Ivanni «Zenit»ga olib qaytişadi, ammo uni qutqariş uçun borgan harbiylarning barçasi bu vaqtga kelib jiddiy jarohat olgandi.
Rossiyadagi manbalar e’lon qilgan videoda Andriy Dubnitskiyning jasadini ham tanişgan
«Yaradorlarni qoldiring»
Qarindoşlarning sözlariga köra, qömondonlik yaradorlarni evakuatsiya qilişga va’da bergan, ammo bunday guruh baribir bormagan. Ivan ratsiya orqali aloqaga çiqib, ularni qaçon olib ketişlariga qiziqqanida unga barça özi mustaqil ravişda qurşovdan çiqişi kerakligini aytişgan. «Yaradorlar bilan nima böladi?» — deya söragan u. «Yaradorlarni qoldiring», — deya javob bergan ştab boşliği.
«Bu gaplarni ratsiya orqali barça eşitdi», — deydi Viktor Bilyak.
Yakunda özi harakatlana olmaydigan beş harbiy, jumladan Ivan Jitnik, Andriy Dubnitskiy va Georgiy Pavlov tayanç punktda qolişadi.
Quroldoşlarni taşlab ketiş oson bölmaydi, ammo barça ularni olib çiqiş imkoni yöqligini tuşunib turardi.
Georgiy Pavlov pozitsiyada qolgan harbiylardan biri edi
«U yerda masofa [katta] edi, qoronğilik, vayron bölgan yöllar, tinimsiz otişmalar. Yelkalab oliş juda qiyin, doim töxtaşga va odamlar töplanib yurişiga töğri kelardi. Şunçaki omon qoliş uçun harakatlaniş kerak edi», — deya izohlaydi Bilyak.
Ammo qolgan olti kişi orasida Mikola Savosik ham bor edi. U yaralanmagandi, ammo quroldoşlariga ğamxörlik qiliş uçun qolişga qaror qiladi. U asirga tuşişsa, omon qoldirişlariga umid qilgan.
Bilyak bilan birga qurşovdan çiqişga harakat qilganlarning köpçiligi ham keyingi punktga yetib kela olmaydi.
«Biz kiçik guruhlarga bölinib harakatlandik, — deya hikoya qiladi Bilyak. — Oçiq maydon böylab bir kilometr. Duşman öt oçdi — minomyotlar, tanklar, artilleriya, tungi kamikadze dronlardan — barçasidan birdaniga».
Viktorning ortidan harakatlangan guruh snaryad zarbasiga uçraydi. Ulardan heç biri omon qolmaydi.
«Ularni rossiyaliklar öldirişgan»
Viktor va boşqalar Avdiyivkadagi asosiy pozitsiyagaça yetib olişga harakat qilayotganida «Zenit» tayanç punktidagi yaradorlarni azobli daqiqalar kutayotgandi.
Ular öz qarindoşlariga qönğiroq qilişadi va bölayotgan voqealarni aytib berişadi.
Ivan öz singlisi Yekaterina bilan boğlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda u yiğlab, akasidan ularni nega taşlab ketişganini sörayotgan video tarqalgan.
110-brigada matbuot xizmati tarqatgan bayonotga köra, «Zenit» tayanç punkti töliq qurşab olingani tufayli, ukrainalik harbiylar içkarida qolgan yaradorlarga yordam körsatilişi uçun «duşman tomon bilan asirlar almaşinuvi böyiça muzokaralar olib boradigan taşkilotlar»ga aloqaga çiqişgan.
Xabar qilinişiça, Rossiya tomoni ularni evakuatsiya qilişga, keyin esa almaşişga rozi bölgan.
Bu ma’lumot Ivanga va «Zenit»da qolgan boşqa harbiylarga yetkaziladi. Ularga qarşilik körsatmaslik va öz jonini saqlaş buyuriladi, ammo ular rossiyaliklar yaradorlarni omon qoldirişiga u qadar işonmagan.
Rossiya rasmiylari bu hodisa yuzasidan izoh bermagan.
15 fevral kuni soat 11:15 da Inna Pavlova öğli Georgiydan şunday xabar oladi: «Ona, rossiyaliklar biz şu yerda qolganimizni bilişadi». Şundan keyin u aloqaga çiqmaydi.
Xuddi şu vaqtda Ivan öz kuyovi Dmitro bilan yana boğlanadi. Muloqot vaqtida rossiyaliklar ular joylaşgan binoga kirib kelişadi. Dmitro videoqönğiroqni yozib olgan va unda ovozlarni eşitiş mumkin. «Ular allaqaçon şu yerdami, Vanya?», — deya söraydi Dmitro. «Ha» — deya sekin javob qaytaradi Ivan.
Dmitro şu vaqtda yozişni töxtatadi, ammo qönğiroq yana bir neça daqiqa davom etadi. U Ivandan telefonni rossiyaliklarga berişni söraydi va ulardan yigitlarni öldirmaslikni söramoqçi böladi, ammo faqat şunday sözlarni eşitadi: «Telefonni öçir».
Harbiyning qarindoşlari ularni asir olişlariga işonişgandi. «Ular qarşilik körsatmadi, — deydi Ivan Jitnikning singlisi Yekaterina. — Ular avtomatlarini çetga qöyişdi. Ularda heç narsa yöq edi. Vanya faqat suv olişni söradi».
Keyingi kuni ular ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya kanallari tarqatgan karaxt qiluvçi videoni körişdi. Ular qon kölmagida yotgan jonsiz jasadlarni tanişadi. Ivan suv solingan plastik butilkani uşlagança yotadi. Andriy Dubnitskiyning rafiqasi qölidagi tatuirovkasi taniydi. Georgiyning onasi Inna Pavlova ham yuztuban yotgan askar — uning öğli ekaniga şubha qilmaydi.
Harbiy asirlarni öldiriş harbiy jinoyat sanaladi. Ammo qarindoşlar yaqinlarining ölimida ukrain harbiy boşliqlarini ham ayblamoqda. «Ularni rossiyaliklar öldirişdi, — deydi Inna Pavlova, — bizning harbiy rahbariyat bunga yöl qöyib berdi».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi