“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekiston Respublikasi milliy qonunçiligini Jahon savdo taşkiloti bitimlariga muvofiqlaştirişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni qabul qilindi. Unga köra, 5 ta qonun JST bitimlariga uyğunlaştirildi. Kiritilgan özgarişlar intellektual mulk, reklama va dori vositalari böyiça qonunçilikni qamrab oladi.
Adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov intellektual mulk qonunçiligida nimalar özgarganini şarhlab berdi.
Rezident va norezidentlar uçun patent boji birxillaştirildi
— Milliy intellektual mulk tizimini JST intellektual mulk huquqining savdo bilan boğliq masalalarini tartibga soluvçi bitimi bor – Trips deyiladi. Uşbu bitim talablariga muvofiqlaştiriş böyiça bir qator özgartirişlar kiritilmoqda.
Butun dunyoda işlar va xizmatlar savdosida birinçi navbatda yaratilgan ixtirolar, ularga patentlar boşqa davlatlarda himoyalangani muhim hisoblanadi. Öşa rivojlangan davlatlar tomonidan har qanday munosabatga kirişilganda asosiy talablardan biri hisoblanadi. JST doirasida ham bu masala muhim. 1994 yil 15 aprelda Marokaşda JST davlatlari iştirokidagi xalqaro konferensiyada uşbu bitim qabul qilingan va u intellektual mulk bilan boğliq masalalarni tartibga soluvçi asosiy hujjat hisoblanadi.
Davlat boji töğrisidagi qonunda rezident va norezidentlar uçun patent boji örtasida keskin farq bor edi, ya’ni masalan milliy rezidentlar tomonidan patent oliş uçun, ixtironi davlat röyxatidan ötkaziş, ekspertizadan ötkazib tegişli guvohnomani oliş uçun BHMning 1 barobari miqdorida davlat boji tölanardi. Xorijiy rezidentlar uçun Özbekistonda özining ixtirosini röyxatdan ötkaziş va ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydigan guvohnoma uçun beradigan arizaga BHMning 17 barobari miqdorida boj undirardik. Bu öz navbatida çet ellik ixtiro egalarining Özbekistonda özining patentini röyxatdan ötkazişga qiziqişini kamaytirardi. Boşqa davlatlarda ixtirosini davlat röyxatidan ötkazib, Özbekistonda ijrosini ta’minlaş borasida talabnoma kiritardi. Şu masalani örganib çiqdik. Özaro teng rejimni yaratiş maqsadida davlat boji stavkalari birxillaştirilmoqda.
Ixtirodan patent egasining ruxsatisiz foydalanganda, uning huquqlari kafolatlanadi
— Hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz foydalanişga ruxsat beriş mumkin bölgan holatlarning aniq röyxati belgilanmoqda. Hukumat bu röyxatni belgilab bersa, ixtiro egasining huquqi qanday ta’minlanadi, degan savol tuğiladi. Bir narsaga e’tibor qaratişingizni xohlayman, qonunda belgilangan asoslarga köra birovning patent huquqidan foydalansak ham unga tovon puli tölab berilişi nazarda tutilyapti.













