Qozoğiston Transport vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qömitasi aviakompaniyalar bilan hamkorlikda parvozlar sonini köpaytiriş va geografiyasini kengaytirişni davom ettirmoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 2024 yil 15 martidan boşlab Qazaq Air aviakompaniyasi Turkiston-Samarqand yönalişida parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirgan.
Parvozlar haftasiga 2 marta (juma, yakşanba) Bombardier DHC 8-Q400 rusumidagi samolyotlarda amalga oşiriladi.
Ta’kidlanişiça, havo qatnovining köpayişi Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi savdo-iqtisodiy, biznes, sarmoyaviy va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.












