Germaniya kansleri Olaf Şols hukmron koalitsiyaning Ukrainani uzoq masofali qurol tizimlari bilan ta’minlaş taklifini «töliq» qöllab-quvvatlaydi, ammo baribir TAURUS qanotli raketalarini topşiriş ğoyasini rad etadi. Bu haqda 21 fevral, çorşanba kuni Germaniya hukumati vakili Şteffen Xebestrayt ma’lum qildi. 

Bir kun oldin Germaniyadagi hukmron koalitsiyaga kirgan fraksiyalar bundestag rezolyutsiyasi loyihasini taqdim etdi, unda Ukrainaga qurol eksportini kengaytiriş, jumladan, «qöşimça zarur uzoq masofaga möljallangan qurol tizimlari va öq-dorilar» ham bor edi. Bu «tajovuzkorning orqasida joylaşgan strategik muhim nişonlarga maqsadli hujumlarni ta’minlaşga» yordam beradi, deyiladi koalitsiya parlament fraksiyalarining hujjatida, biroq matnda TAURUS raketalari töğridan töğri tilga olinmagan. Xebestrayt Şolsning pozitsiyasini şarhlar ekan, ular haqida gapirmadi, deb ta’kidlaydi Reuters. Kanslerning bu boradagi fikri özgarmadi, dedi Xebestrayt. 

Reuters xabariga köra, kanslerning TAURUS raketalarini yetkazib berişga rozi bölmagani sababli hukmron koalitsiya içida, ayniqsa «yaşillar» partiyasi va Erkin demokratik partiya safida keng norozilik kuzatilmoqda. 

Kiyevga yordam beriş taklifida gap TAURUS haqida boryapti

Bir kun oldin muxolifat partiya bloki bundestag muhokamasiga Ukrainaga harbiy yordamni kengaytiriş böyiça öz taklifini kiritiş niyatida ekanini ma’lum qildi, unda esa hukmron koalitsiya taklifidan farqli ölaroq, Kiyevga töğridan töğri TAURUS kru raketalarini yetkazib beriş talab qilinadi.

Germaniya bundestagining mudofaa qömitasi raisi Mari-Agnes Strak-Zimmermann ham uşbu raketalarni yetkaziş uçun ovoz berişini aytdi. Bundestagda uşbu masalani muhokama qiliş 22 fevral, payşanba kuniga belgilangan. 

TAURUS raketalari 500 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni urib tuşirişga qodir. Ukraina allaqaçon Britaniya va Fransiyadan taxminan 250 kilometr masofaga uçadigan bunday turdagi raketalarni qabul qilmoqda.