Şveytsariya Ukraina bilan uruş tufayli Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni çetlab ötişga urinayotgan kompaniyalar va şaxslarga qarşi kuraşni kuçaytiradi. Iqtisodiy masalalar böyiça davlat kotibiyati (SECO) sanksiyalarni amalga oşiriş böyiça ekspert komissiyasini tuzdi, deb xabar qildi agentlik 21 fevral, çorşanba kuni.

2023 yilda Şveytsariya şveysar banklaridagi Rossiya mablağlariga nisbatan yetarliça qattiq çoralar körmagani uçun tanqid ostiga olingan edi. 

2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan beri SECO Rossiya Federatsiyasiga qarşi 230 ta ehtimoliy jazo çoralari buzilişini qayd etdi. Ba’zi qonunbuzarliklar Moliya vazirligi, bojxona va uçinçi davlatlarning signallari tufayli bölim e’tiboriga tuşdi. 

Ehtimoliy qonunbuzarliklarning önlab holatlari 

Natijada 47 ta iş oçilgan. Ulardan 9 tasi böyiça jarima solindi, yana 20 tasi yopilgan. 18 ta iş hali ham tergov qilinmoqda va yangi da’vo qilingan qonunbuzarliklar doimiy ravişda agentlikka yuborilmoqda, deb ta’kidladi SECO. Aksariyat holatlar Rossiyaga haşamatli buyumlar yoki Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qöllab-quvvatlaş uçun işlatilişi mumkin bölgan tovarlarni eksport qiliş taqiqini buziş bilan boğliq. 

SECO’ning eksport nazorati va sanksiyalar böyiça bölimi rahbari Saymon Plyus boşqa davlatlar endi Şveytsariya sanksiyalarga jiddiy yondaşayotganini tan olişiga işonç bildirdi. «Şveytsariya boşqa davlatlar bilan ham ma’lumot almaşadi. Tanqidlar körib çiqildi», - deya qöşimça qildi u. 

Dekabr oyi boşida SECO Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalar munosabati bilan muzlatilgan Rossiya mablağlari hajmini 7,7 milliard Şveytsariya frankiga baholadi. Aniqroq ma’lumotlar 2024 yilning ikkinçi çoragida Şveytsariya banklari öz hisobotlarini hukumatga taqdim etganidan keyin paydo böladi.