IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabariga köra, 26 yanvar kuni IIV Tezkor-qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda Toşkent şahri Yaşnobod tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida aniqlanişiça, MÇJning 47 yoşli ta’sisçisi boşqa bir fuqaroga Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanidagi MÇJga ajratilgan 6,7 gektar yer maydonini jami 1 million 340 ming dollarga va u yerga tutaş bölgan tuman hokimligi zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini 10 ming dollar evaziga 10 yil muddatga foydalaniş uçun Kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.

Hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi Yaşnobod tumani Botkina köçasidagi kafeda avans tariqasida 50 ming dollar miqdordagi pulni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.