2023 yil davomida Xitoydan O‘zbekistonga 42 470 nafar turist tashrif buyurgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Xitoydan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari orasida dam olish birinchi o‘rinni egalladi – 35 574 nafar turist.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
xizmat yuzasidan – 4 825 nafar;
tijorat – 1 016 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 631 nafar;
o‘qish – 421 nafar.
Oylar kesimida Xitoydan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni:
— yanvarda – 394 nafar;
— fevralda – 1166 nafar;
— martda – 2088 nafar;
— aprelda – 2684 nafar;
— mayda – 3301 nafar;
— iyunda – 3640 nafar;
— iyulda – 4382 nafar;
— avgustda – 4106 nafar;
— sentabrda – 7676 nafar;
— oktyabrda – 5931 nafar;
— noyabrda – 3582 nafar;
— dekabrda – 3520 nafar.














