Aleksey Navalniyning onasi Lyudmilaga marhum öğlining jasadi körsatildi. Bu haqda u videomurojaatida gapirdi. 

Lyudmila Navalnaya, şuningdek, tergovçilar siyosatçini yaşirin tarzda dafn qilişni talab etişayotganini, agar u rad qilsa, jasadni «bir narsa qiliş» bilan tahdid qilişayotganini aytdi. 

«Men hozirgina Salexard şahri Tergov qömitasi binosidan çiqdim… Keça keçqurun ular meni yaşirinça ölikxonaga olib borişdi va u yerda Alekseyni körsatişdi. Tergovçilar ölim sababini bilişini aytmoqda... Ularda barça tibbiy va yuridik hujjatlar tayyor, göyo men ularni körgan ekanman, göyo tibbiy ölim haqidagi guvohnomaga imzo çekkan ekanman. 

Qonunga köra, ular menga Alekseyning jasadini darhol berişi kerak edi, ammo hozirgaça buni qilişmadi. Buning örniga ular meni şantaj qilmoqda, Alekseyni qayerda, qaçon va qanday dafn qiliş kerakligi böyiça şart qöymoqda. Bu noqonuniy... 

Ular meni qabristonning çetiga, yangi qabrga olib borib: «Mana, öğlingiz yotibdi», demoqçi. Men bunga rozi emasman. Men boşqalar ham Aleksey bilan xayrlaşiş imkoniyatiga ega bölişini xohlayman… Öğlimning jasadini zudlik bilan menga topşirişni talab qilaman», dedi Lyudmila Navalnaya. 

Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmişning ma’lum qilişiça, siyosatçining ölimi haqidagi tibbiy xulosada u «tabiiy sabablar tufayli» vafot etgani yozilgan. Uning sözlariga köra, ölim haqidagi guvohnoma Navalniyning onasiga tergovçilar tomonidan körsatilgan.

16 fevral kuni Rossiya Federal jazoni ijro etiş xizmati (FJIX) Aleksey Navalniy Xarp koloniyasida vafot etgani haqida xabar berdi. Şundan beri Aleksey Navalniyning onasi öğlining jasadini olişga harakat qilmoqda.